UzAuto Motors 4 ta avtomobilga avtokredit ochilgani haqida ma’lum qildi

UzAuto Motors kompaniyasi «InfinBANK» ATB bilan hamkorlikda COBALT (4 dar. A/T), LACETTI, TRACKER, MALIBU modellariga avtokredit berilayotgani haqida ma’lumot berdi.

Kredit shartlariga ko‘ra, avtomobilning boshlang‘ich to‘lovi 25% tashkil qiladi. Kredit 36 oy muddatga yillik 23,99% ustama asosida beriladi.

Kredit olish uchun qarz oluvchining pasporti, kredit taqdim etilishi haqidagi ariza, oylik maoshi haqida ma’lumotnoma hamda avtomobil olish uchun shartnoma zarur bo‘ladi.

Aksiya 31 oktyabrga qadar davom etadi. Kompaniya shartnomalar soni chegaralanganligini qayd etgan.