UzAuto Motors muddatli to‘lovga avtomobillarni taklif etdi
Qulay shartlarda avtomobil xarid qilishga ulgurmaganlar uchun UzAuto Motors 40 foizlik birlamchi to‘lov bilan 36 oygacha muddatga muddatli to‘lovga avtomobillarni taklif etadi. Muddatli to‘lov va birlamchi badal miqdori tanlangan modelga bog‘liq.
Joriy yil 15 iyulga qadar siz quyidagi shartlarda taqdim etilgan avtomobil modellarini xarid qilishingiz mumkin:
- Spark MT – kuniga 67 ming so‘mdan boshlab, 12 oy davomida muddatli to‘lov
- Cobalt AT – kuniga 94 ming so‘mdan boshlab, 24 oygacha muddatli to‘lov
- Nexia AT – kuniga 87 ming so‘mdan boshlab, 24 oygacha muddatli to‘lov
- Tracker MT/AT – kuniga 137 ming so‘mdan boshlab, 36 oygacha muddatli to‘lov
- Trailblazer – kuniga 164 ming so‘mdan boshlab, 36 oygacha muddatli to‘lov
Muddatli to‘lovni UzAuto Motors rasmiy dilerlik markazlarida minimal hujjatlar paketi bilan rasmiylashtirish mumkin. Sizdan faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti va STIR talab etiladi, xolos.
Eslatib o‘tamiz, muddatli to‘lov tufayli, aksiya doirasida avtomobillarning narxi amaldagi narxlardan farqlanishi mumkin.