UzAuto Motors navbatdagi aksiyani e’lon qildi
UzAuto Motors avtomobil sotib olmoqchi bo‘lgan, biroq mablag‘i yetmayotgan hamyurtlarimiz uchun aksiya e’lon qildi.
Aksiyaning asosiy shartlari:
— Boshlang‘ich to‘lov: avtomobil narxidan 40 foizdan 70 foizgacha;
— To‘lov muddati: 12 dan 36 oygacha.
— Aksiya amal qilish muddati: 2020 yil 1 iyun (ushbu sana ham kiradi).
“Aksiya doirasida quyidagi avtomobillarni ko‘rsatilgan davrlar mobaynida oyma-oy to‘lash evaziga muddatli to‘lov asosida xarid qilish mumkin:
Spark MT/AT — 2,0 million so‘mdan (12/18 oy)
Nexia AT — 2,6 million so‘mdan (12/18 oy)
Tracker MT/AT — 3,8 million so‘mdan (18/30/36 oy)
Malibu 1,5 Turbo — 5,6 million so‘mdan (18/30/36 oy)
Trailblaizer — 4,9 million so‘mdan (24/36 oy)
Diqqat: oyma-oy to‘lanadigan summa boshlang‘ich to‘lov hajmi hamda muddatli to‘lov davriga qarab o‘zgarib boradi.
Aksiya jismoniy va yuridik shaxslar uchun amal qiladi.
Batafsil ma’lumotlarni kompaniyaning Call-Markazi +998 78 141-77-77 hamda rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.