«UzAuto Motors» taqdim etgan ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi «UzAuto Motors» AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan qator OAVga bosim o‘tkazilgani qayd etilgan rasmiy bayonotidagi vaziyatni o‘rganib chiqdi.

Ushbu masalani o‘rganish natijasida «UzAuto Motors» AJ taqdim etgan ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi. Agentlik tomonidan 15 ta yetakchi elektron ommaviy axborot vositalari rahbarlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazilib, mazkur sud ishini yoritishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan hech qanday bosim o‘tkazilmagani qayd etildi.

Ushbu masala yuzasidan AOKA tomonidan «UzAuto Motors» AJga asossiz ma’lumotni tarqatmaslik va bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli ogohlantirish kiritiladi.

Agentlik yana bir bor asossiz, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish uchun javobgarlik borligini eslatib o‘tadi, yuridik va jismoniy shaxslar hamda OAVga tarqatilayotan ma’lumotlarning asosliligini tekshirishni tavsiya qiladi.