“UzAuto Motors” uch oyda 68 905 dona avtomobil ishlab chiqardi

“UzAuto Motors” AJ 2022 yilning birinchi choragida barcha belgilangan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini bajargan.

Kompaniya 2022 yilning birinchi choragida Asaka va Xorazmdagi zavodlarida jami 68 905 dona avtomobil ishlab chiqarishga erishgan. Shu bilan birga, Asaka zavodida birinchi chorakda 19 192 dona "Cobalt" va 19 439 dona "Lacetti" avtomobil modellari ishlab chiqarilgan. Xorazmdagi zavodida ushbu davr mobaynida 17668 dona “Damas” va 3540 dona “Labo” rusumli avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Ta’kidlash joizki, "UzAuto Motors” birinchi chorakda Asakadagi zavodda asosiy ishlab chiqarishni to‘xtatmagan holda yangi “Tracker-2” avtomobilini ham sinov tariqasida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirdi.