Viloyat hokimiga raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchi tayinlanadi
Samarqand viloyati hokimining shu yil 26 sentyabrda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, davlat rahbarining 2023 yil 24 maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan viloyat hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etilgani inobatga olindi.
Ushbu vazifaga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.