Viloyatimizda 48 ming 100 quti ipak qurti boqiladi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi qaroriga asosan joriy yil viloyatimizda 758 gektar maydonda intensiv tutzorlar barpo etilishi belgilangan. Bu 2019 yil "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" davlat dasturida ham qayd etilgan.

Hozirda tuman hokimlarining qarorlari asosida 558 gektar o‘rniga 640 gektar yer maydoni ajratilib, viloyatimizdagi pillani qayta ishlash korxonalari tomonidan "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi taqsimoti asosida tuman "Agropilla" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari bilan birgalikda 438 gektar maydonda 2 million 148 ming tup yangi tut ko‘chatlari ekildi. 

Fermer xo‘jaliklari dala chetlari siyrak maydonlarga ekilgan jami tut ko‘chatlari 9 million 700 ming donaga yetdi. Ekish ishlari davom etayotgani va keyingi yildan yangi tutzorlardan pilla boqishda ozuqa sifatida foydalanishni hisobga olsak ipak qurti boqishda ozuqa tanqisligiga to‘liq barham beriladi, deyish mumkin.

Samarqand respublikada eng ko‘p pilla yetishtiradigan viloyat hisoblanadi. Joriy yilning bahor oylarida birinchi va ikkinchi mavsum uchun 48 ming 100 quti ipak qurti boqilib, 2645 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan.

Yodgorbek JO‘RAYEV, Samarqand hududiy

"Agropilla" MChJ raisi.