Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga deputatlar saylovining natijalari to‘g‘risida
Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20, 26, 92-1, 96 va 97-moddalariga muvofiq hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarining saylov natijalarini aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomalariga asosan Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi qaror qiladi:
2024 yil 27 oktyabrda o‘tkazilgan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga deputatlar saylovi o‘tgan va haqiqiy deb topilsin.
Saylov okruglaridan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylangan 60 nafar deputat ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin.
Mazkur qaror Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining ro‘yxatga olingan deputatlariga belgilangan tartibda guvohnoma va ko‘krak nishonlari berilsin.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari S.Nazarov zimmasiga yuklansin.
Samarqand viloyati hududiy saylov
komissiyasi raisi X.Muhammadiyev
2024 yil 31 oktyabr, 41-son