Xalqaro Amir Temur jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limiga rahbar tayinlandi
Xalqaro Amir Temur jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limida Fond raisi o‘rinbosari Adhambek Alimbekov va samarqandlik ziyolilar, faollar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Zuhra Begim (Eshonqulova) Fondning Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
Zuhra Begim O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, bir qancha she’riy va nasriy kitoblar muallifi.