Xorijlik sayyohlar Samarqand zardo‘zligiga maftun bo‘ldi
Ayni kunlarda Qo‘qon shahrida davom etayotgan festival shukuhi dunyoni o‘ziga mahliyo etmoqda.
Ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur Xalqaro hunarmandchilik festivalida samarqandlik hunarmandlar ham faol ishtirok etyapti. Ulardan biri – zardo‘z Shavkat Zohidovning zar bilan jilo berilgan zardo‘zlik buyumlari ko‘pchilikning e’tiborini qozonmoqda.
- Zardo‘zlik hunari bilan oilaviy shug‘ullanamiz, - deydi Sh.Zohidov. - Men beshinchi avlod vakiliman. Ochig‘i, zardo‘zlik o‘ta mashaqqat va sabr-toqatni talab etadigan hunar. Buning uchun kishida kuchli ishtiyoq ham bo‘lmog‘i zarur. Bugungi kungacha ushbu hunarning zamindo‘z, shakardo‘z, guldo‘z va qubbado‘z kabi tikish usullarini puxta o‘rgandim. Ular asosida miniatyuralar, portretlar ustida ishlab, turli kompozitsiyalar yaratganman. Bugungi festivalga ulardan ayrimlarini keltirganman. Jumladan, ko‘pchilik xorijlik sayyohlar zar bilan jilo bergan hunarmandchilik asarim - Vatanimiz gerbiga mahliyo bo‘lishdi. Shu bilan birga ular zardo‘zlik dastgohida biror asarni tikib ko‘rishga qiziqdi va birga suratga tushishdi.
Akram BO‘RIYeV.