Yangi o‘quv yili uchun ta’lim krediti ajratish boshlandi

Yaqinda oliy ta’lim muassasalariga imtihon topshirgan abituriyentlar uchun mandat chiqdi. Endi to‘lov shartnoma asosida talabalikka qabul qilingan yoshlar hamda ularning ota-onalarini mablag‘ bilan bog‘liq turli savollar qiynay boshlaydi. Buning uchun ta’lim krediti yaxshi imkoniyat.

Xo‘sh, talabalar uchun ta’lim krediti qaysi me’yoriy hujjat asosida ajratiladi? Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi ko‘tarilsa, talabaning kredit stavkasi ham oshadimi? Ta’lim krediti qancha vaqtda qaytarilishi kerak? Qaysi toifadagi talabalardan garov va kafilliklar talab etilmaydi? Ta’lim krediti olishda xotin-qizlar uchun qanday imtiyozlar bor? Kreditni bir o‘quv yili uchun to‘rt davrda, ya’ni bo‘lib-bo‘lib olish mumkinmi?

Biz mavzu doirasidagi shu kabi savollar bilan aksiyadorlik tijorat Xalq banki Jomboy filiali boshqaruvchisi Sherzod Suvonqulovga murojaat qildik.

***

Ushbu videolavha Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti loyihasi asosida tayyorlandi.