Yaponiyaning Nara shahri hokimi - Samarqandda
- 17.04.2025 17:50
- 32
- Samarqand

Samarqand va Nara shaharlari birodar shaharlar bo‘lib, bugun, 17 aprel kuni Nara shahri hokimi Gen Nakagava boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand shahriga tashrifi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘ldi.
Mehmonlarni universitet rahbariyati Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan turizm va madaniy meros sohalarida xalqaro darajada mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Yaponiyaliklarda universitetning aqlli kampusidagi turk xalqlariga oid milliy kiyimlar galereyasi, rasmlar ko‘rgazmasi katta taassurot qoldirdi.
Delegatsiya a’zolari Turizm akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda Nara shahri hokimi Gen Nakagava va Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning hamda yaponiyalik va samarqandlik bir guruh tadbirkorlarning o‘zaro muloqoti tashkil qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 2 soat avval
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:26
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- Kecha, 16:08
- Mutolaa