Yunusobod tumani sobiq hokimi ishi sudda ko‘rilmoqda
Yunusobod tuman sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov pora bilan qo‘lga olingan va shundan keyingi holatlarda "jimlik" kuzatilgandi.
"Uznews.uz"ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Yunusobod tumani sobiq hokimi Abdusamatov Baxtiyor Hasanovich Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi, 2-qismi "a" bandi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste’mol qilish), 210-moddasi 2-qismi "a" bandi, "b" bandi va 3-qism "a" bandi (Pora olish) bilan aylangan va bu holat sudda ko‘rilmoqda.
Shuningdek, sobiq hokim ishida yana ikki ayblanuvchiga nisbatan ham sud tergovi olib borilmoqda.
Jumladan, O‘lmas Muhamedsaidov Jinoyat kodeksining 168, 211, 212-moddalari bilan ayblangan.
Shohrux Malikov esa Jinoyat kodeksining 211, 212-moddalari bilan ayblangan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi tomonidan yuritilgan 1-10-1911/11-sonli jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi Nurmatov Zafarbek Abdivahobovich sud tergov harakatlarini olib bormoqda.