Viloyat sudi hamda viloyat ma’muriy sudi raislari Kattaqo‘rg‘onda sayyor qabul o‘tkazdi
Samarqand viloyat sudining raisi Olim Hayitov va Samarqand viloyat Ma’muriy sudi raisi Tohir Fayziyev Kattaqo‘rg‘on shahri “Go‘zalkent” MFYda Kattaqo‘rg‘on shahar va Kattaqo‘rg‘on tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda 23 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha 5 ta, fuqarolik ishlari bo‘yicha 17 ta va iqtisodiy ishlar bo‘yicha 1 ta murojaat tushdi. Paxtachilik J.Husanov va S.Suvankulovalar o‘g‘liga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilayotganini bildirib, unga qonuniy yengillik berishni so‘radi. Jafokash ota-onaga qonunlarimiz adolatli va bag‘rikeng ekanligi, qonun doirasida yordam berilishi tushuntirildi.
Shuningdek, aliment, mol-mulk, meros, oilaviy masalalarda murojaatlar bo‘ldi. Barchasi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar, aniq yo‘nalishlar berildi.
Har murojaatga va murojaatchiga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu mezon sayyor qabulning samarali bo‘lishini ta’minladi.