Sud-huquq islohotlarining yanada takomillashayotgani fuqarolar uchun imkoniyat bermoqda

Viloyat sudida o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv seminarda jinoiy, fuqarolik va iqtisodiy sudlov hay’atlari alohida-alohida zallarda yig‘ilib, yangi qonun hujjatlarini o‘rganib chiqdi. 

Jinoyat sudlov hay’ati yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2021 yil 29 apreldagi sud organlari faoliyatiga doir bir qator qarorlari o‘rganildi va ulardan kelib chiqadigan vazifalar muhokama qilindi.

Viloyat sudi raisi o‘rinbosari T.Boyzoqov “O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari rayosati reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma’ruza qildi.

Shuningdek, viloyat sudi sudyalari I.Hamidov, J.Botirov, H.Yarashev sud ishi bilan bog‘liq yangiliklar haqida fikr bildirdi.

Fuqarolik va iqtisodiy sudlov hay’atlarida ham o‘quv-seminar yuqori saviyada tashkil etildi. Qonunchilik, ish yuritishdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq hujjatlar o‘rganilib, aniq va bir xilda bajarilishi, tadbiq etilishi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi.