Yuqori hosil olgan fermerlar uch karra kam yer solig‘i to‘laydi, umumiy yer maydonining 25 foiziga boshqa ekinlar ekishiga ruxsat beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 martdagi qarori bilan fermerlarga bir qator imtiyozlar berilmoqda.
Xususan, 2025 yil hosilidan boshlab har yili paxtadan 50 sentner/gektar, g‘alladan 80 sentner/gektardan yuqori hosil olganini soliq hisobotlarida aks ettirgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga kelgusi yilda:
- yerning 25 foizi chorva ozuqa, sabzavot, poliz, kartoshka, moyli va dukkakli ekinlarga ajratiladi;
- paxta xomashyosi narxi 0,3 foiz past belgilanadi;
- yer solig‘iga kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlar:
- kooperativ fermerlar ishlab chiqarish vositalaridan birgalikda foydalanishi mumkin;
- yerni uzoq muddatga ijaraga olish shartlari belgilanadi;
- xorijiy kontraktlar tuzish imkoniyati yaratiladi;
- subsidiya va kredit ajratish mexanizmi takomillashtiriladi.