Samarqandda fermer xo‘jaligi yerini 50 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
- 20.05.2021 16:05
- 624
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “D.” fermer xo‘jaligi rahbari I.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, xo‘jalikning 1 gektar yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan fuqaro A.ga 50 000 AQSh dollari hamda 1 na “Nexia-3” rusumli avtomashina evaziga sotishni rejalashtirishib, 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan I.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa