Zelenskiyni Rossiya bilan urushdan tiyadigan omillar aytildi
Harbiy ekspert, “Vatan arsenali” jurnali muharriri Aleksey Leonkov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan urush boshlashiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni «Ukraina.ru» saytida aytib o‘tdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar hozircha Ukrainadagi manfaatlaridan voz kechishga tayyor emas, biroq ular Rossiya bilan kurashish niyatida ham emas.
Shunga binoan Vashington Zelenskiyga Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga kirishishga yo‘l qo‘yamayapti. Qolaversa, Kiyev ham Donbassga nisbatan keng ko‘lamli tajovuz qilgan taqdirda Rossiya chetda turmasligini tushunadi deydi Leonkov.
"Zelenskiyni Rossiya bilan mojarodan faqat ikkita omil ushlab turibdi - "Vashington obkomi" jamoasi yo‘qligi va Ukraina Donbassga «borgan» taqdirda, Rossiya mojaroga aralashmasligiga Vashington kafolati bo‘lmagani", - deydi ekspert.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Kiyev Donbass blitskrigi (qisqa vaqt ichida g‘alabaga erishiladigan qisqa muddatli urush)ga qaror qilsa, ukrainalik harbiylar avvalambor uni Rossiya harbiy yordamidan uzish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. Shundan so‘ng ular Donetsk xalq Respublikasi (DNR) va Lugansk xalq Respublikasi (LNR) aholisining chidamliligi, shuningdek 700 mingdan ortiq aholisi Rossiya pasportiga ega bo‘lgan respublikalarga Moskvaning zarur yordam ko‘rsatish qobiliyati asosiy omil bo‘lgan hududni tozalashga kirishadi.
Avvalroq Ukraina sobiq bosh prokurori Svyatoslav Piskun nega mamlakatda rossiyalik harbiylarning ehtimoliy “bosqin”i haqidagi bunday jazava borligini tushuntirgan va moskvaning Kiyevga hujum qilishga yo‘l qo‘ymaydigan uchta "saqlagich"ni nomlagan edi: birinchidan, ishonchim yuz foiz komilki, agar o‘zimizda davlat to‘ntarishi bo‘lmasa, Putin hujum qilmaydi, ikkinchidan, agar Donbass yoki Qrim harbiylarimiz tomonidan hujumga uchramasa va uchinchisi - agar bizda NATO davlatlari atom raketalari bo‘lmasa – mana shular uch muhim saqlagich", dedi sobiq bosh prokuror.