Elektron pul bozorini tartibga solishdagi yangi qonun

Davlatimiz rahbari 2019 yil 1 noyabrda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi va mazkur qonun 2020 yil 1 fevraldan kuchga kiradi.
Yangi qonunda to‘lov tizimlari va ularning tarkibiy qismlariga bo‘lgan talablar, tizimni nazorat qilish, kuzatib borish, to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarini litsenziyalash hamda ularning faoliyatini tartibga soladi. Shuningdek, elektron pul bozorini tartibga solish va elektron pul egalarini identifikatsiyalash tartibi hamda to‘lov tizimlarida xavfsizlik va axborot muhofazasini ta’minlashga doir normalar kiritilgan.
Ushbu qonunning qabul qilinishi respublikada to‘lovlarni uzluksiz amalga oshirilishi va innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilinishi, shuningdek to‘lov tizimlarining samarali, ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlaydi.
Begzod SAYIPOV,
Markaziy bankning Samarkand viloyati Bosh boshkarmasi boshqarmasi boshlig‘i.