Ginekologiya markazi direktori qamoqqa olindi

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida faoliyat olib borgan 5 nafar mansabdor, jumladan, markaz direktori Dilnozxon Maqsudova qamoqqa olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi 2 yil davomida markazda 15,3 milliard so‘m, xususan, pullik xizmatdan tushgan 13,2 milliard so‘m naqd pul bankka topshirilmagan, xodimlarning 1,1 milliard so‘m miqdoridagi maoshlari tarqatilmagan va o‘zlashtirib borilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, ayni vaqtda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.