Jizzaxda farzand otasining qotiliga aylandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 3 oktyabr kuni soat 16:00 larda Jizzax shahri, Madaniyat mahallasida fuqaro T.M. (1987 y.t.) otasi M.A. (1964 y.t.)ni qotiliga aylangan.
Ota-bola o‘rtasida spirtli ichimlik ta’sirida janjal kelib chiqib, o‘g‘il oshxona pichog‘i bilan otasining chap ko‘krak sohasiga bir marotaba sanchib jarohat yetkazganligi oqibatida M.A. voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan shu kuni T.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.