Mahorat darslarida Aleksandr Faynberg ijodi o‘rganildi

Samarqand davlat universiteti va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida filologiya fakulteti talabalariga O‘zbekiston Xalq shoiri Aleksandr Faynberg tavalludining 80 yilligi munosabati bilan mahorat darslari o‘tkazildi.

Darslarni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Z.Eshonqulova, "Ijod" fondining viloyat bo‘limi mutaxassisi O.Uroqov, filologiya fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari M.Bobotoyev, filologiya fanlari nomzodi A.Toshpo‘latovlar olib bordi.
Tadbirda talabalarga O‘zbekiston Xalq shoiri Aleksandr Faynberg ijodining ahamiyati, ibratli hayot yo‘li, o‘zbek va rus adabiyotini rivojlantirishga, yosh avlodni Vatanga muhabbat, sadoqat kabi ezgu fazilatlarni kamol toptirishga katta hissa qo‘shgani haqida ma’lumotlar berildi.
Talabalar shoir she’rlaridan namunalar o‘qidi.

Xurshida ERNAZAROVA.