Maktab o‘quvchilarining janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi

Kecha, 5 avgust kuni Bekobodda yashovchi 9-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi 16 yoshli I.A. Bekobod tumani “Navoiy” MFY hududida o‘zaro janjal oqibatida “Shova” mahallasida yashovchi, 40-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi 16 yoshli D.T.ning qorin qismiga pichoq bilan zarba bergan. I.A. ularni ajratmoqchi bo‘lgan, Bekobod shahri Beruniy ko‘chasida yashovchi, 2-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi 15 yoshli D.A.ning yelka qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada D.T. va D.A. shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.A. ushlangan.

IIV Matbuot xizmati xabar berishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.