Nexia-3 simyog‘ochga urilishi oqibatida 23 yoshli yigit qurbon bo‘ldi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida mudhish YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.
Qayd etilishicha, 5 oktyabrda 6 oktyabrga o‘tar kechasi, tun soat 1:40lar atrofida 23 yoshli M.Mirayub ismli fuqaro boshqaruvidagi Neksiya 3 avtomobili yoritish ustuniga borib urilgan. YTH oqibatida olgan og‘ir jarohatida haydovchi vafot etgan.
Dastlabki xulosaga ko‘ra, YTHga avtombilning katta tezlikda harakatlanishi sabab bo‘lgan. Ushbu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB haydovchilarga yana bir bor yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilshni eslatib o‘tgan.