Oqdaryoda 52 tup “ko‘knori” yetishtirayotgan shaxs aniqlandi
- 21.05.2020 22:30
- 371
- Jinoyat va jazo
Samarqand viloyatida “Qora dori-2020” tezkor-profilaktik tadbiri davomida Oqdaryo tumani IIB HPB tayanch punkti profilaktika inspektori va tegishli mas’ul xodimlar hamkorligida Oqdaryo MFY, Tepaqishloq qishlog‘ida yashovchi fuqaro T.T.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu fuqaro tomorqasining 6 kvadrat metr qismida 52 tup “ko‘knori” o‘simligi parvarishlanayotgani aniqlandi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Men qoziman, vazir emas"
- Kecha, 17:58
- Mutolaa
Samarqandda buyuk allomalar merosi tiklanmoqda
- Kecha, 17:17
- Jamiyat