Samarqand shahri ko‘chalarini Germaniyadan keltirilgan avto changyutgichlar tozalaydi
Bugun Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi Germaniya davlatida ishlab chiqarilgan “Karcher Pro” rusumli 2 dona avto changyutgichlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazdi.
“Karcher” korxonasi tomonidan yuborilgan avto changyutgich boshqaruv mashqlarida germaniyalik instruktor mutaxassislar ham qatnashdi. Yaqin kunlarda bunday avto changyutgichlar shahrimiz ko‘chalarini changdan tozalash ishlariga kirishadi.
Qadrli samarqandliklar, qadim va navqiron shahrimizning tozaligi va obodligiga o‘z hissamizni qo‘shaylik. Ko‘chalarimizning tozaligi bizning yuzimizdir!
Murojaat uchun telefonlar: +99890 199-95-00, +99898 573-25-20.