Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2 sentyabrdan maktab ochilishi haqidagi xabarlar yolg‘on

Internetda 2 sentyabrdan maktablar ochilishi haqida xabarlar tarqaldi.
Xalq ta’limi vazirligi mas’ul vakilining O‘zAga ta’kidlashicha, mazkur tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Maktablar qachondan ochilishi hozircha noma’lum. Bu haqdagi tegishli qarorni Maxsus komissiya qabul qiladi.

Avvalroq maktablar ochilishiga oid 3 ta ssenariy ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi. Bular:
Birinchisi, pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va o‘quvchilar uchun eng maqbul variant.
Ikkinchisi, SSVning O‘zbekistonda bolalarda virus kechishi bo‘yicha xulosasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda ta’lim onlayn tartibda davom ettiriladi.

Uchinchisi, gibrid ssenariyda maktablar ochiladi. Hudud va maktabdagi karantin holatidan kelib chiqib ishlanadi. Bunda farzandi salomatligidan xavotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn o‘qitishga imkon beriladi, ya’ni bolaning maktabga borish-bormasligi ixtiyoriy bo‘ladi.