Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Angliyalik sayyoh o‘quvchilarning Navoiy ijodiga bo‘lgan e’tiboridan hayratlandi

O‘zbek adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi joylarda keng nishonlandi.

Jumladan, Registon majmuasida Samarqand shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan badiiy teatrlashtirilgan «Buyuk siymolar» mavzusidagi adabiy-musiqiy dastur namoyish etildi.

Unda Alisher Navoiyning ijodi, she’riyati, yuksak axloqiy fazilatlari targ‘ib etilgan dostonlari va nasriy asarlari, ibratli hayot yo‘li haqida so‘z yuritildi.

Ayniqsa, maktabning 6 va 9-sinf o‘quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr» dostonidan lavha Registon ansambliga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarda katta taassurot qoldirdi.

- O‘quvchilarning buyuk mutafakkir g‘azallarini ruhlanib o‘qiyotgani, asarlarini maroq bilan ijro etayotgani ularning tarixiy siymolarga, allomalarga bo‘lgan hurmati belgisidir, - deydi angliyalik sayyoh. - Bu kabi ijodiy kechalarda ham zavqlanish, ham o‘rganish mumkin. Bunda yoshlarning tashabbusi tahsinga loyiq.

Anora RO‘ZIMURODOVA.