Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQShdagi mahbuslar muddatidan ilgari ozodlikka chiqish uchun COVID-19 infeksiyasini yuqtirishga harakat qilmoqda

Bu haqda FOX News telekanali sherif Aleks Villanuevu so‘zlariga tayanib xabar berdi.

Sherifning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan oyda yozib olingan videotasmalarda mahbuslarning bitta idishdan suv ichib, bitta tibbiy niqobni navbat bilan taqib chiqayotganligi aks ettirilgan. Ta’kidlanishicha, videotasvirga olingan vaqtda qamoqxonadagi mahbuslarning birontasida koronavirus infeksiyasi bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniq aytish qiyin.

“Kimdir o‘ziga ataylab virus yuqtirishga xarakat qilishini tasavvur qilish qiyin”, dedi sherif telekanal muxbiri bilan suhbatda.

Videotasvirda aks ettirilgan voqeadan bir hafta o‘tib, 21 nafar mahbusda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan.

-   Shu vaqtgacha bizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar (mahbuslar)  yo‘q edi. Endi hatto xodimlar orasida ham aniqlanmoqda, - dedi sherif.

Sherifning aytishicha, lekin mahbuslar ataylab virus yuqtirishga harakat qilayotganliklarini tan olmagan.