Bolalar uchun Navro‘zga sovg‘a

Samarqand shahri, Abu Abdulla Rudakiy mahallasidagi 130 va 132-ko‘p qavatli uylar oldida yangi bolalar maydonchasi qurildi. Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan maydoncha bolajonlarga haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi. Farzandlarining ko‘z oldida o‘ynab yurishidan ota-onalarning ham ko‘ngli to‘q.

Shuningdek, viloyat va shahar hokimligi, Abu Abdulla Rudakiy mahallasi faollari hamda “Jalol” xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati tashabbusi bilan mahalladagi 112 va 120-uylar oldida ham bunyod etildi.

Otabek O‘ROQOV.