Harbiy psixologlar ham Sardobada
Bugun ko‘pchilik qatori Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi xizmatchilari “Sardoba” suv ombori talafoti oqibatlarini bartaraf etishga hissa qo‘shmoqda. Ular hududni tozalash va qurilish ishlarida ishtirok etmoqda.
Harbiy psixolog, leytenant Jamshid Habibov esa suv toshqinidan aziyat chekkan aholiga psixologik ko‘mak bermoqda.
– Uy-joyidan, molidan ayrilgan kishining ruhiy holati qanday bo‘lishi barchamizga ma’lum, – deydi J.Habibov. – Bundan tushkunlikka tushib qolish barobarida salomatligiga putur yetgan kishilar ham bor. Lekin hayot davom etmoqda. Muhimi, jon omon. Aholiga bu borada psixologik ko‘mak berish bugun har qachongidan ham muhim.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.