Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi

Mardonov Nurmuhammad Zayniddinovich viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

N.Mardonov 1984 yilda Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 2007 yil Toshkent Islom universiteti, 2012 yil Bank-moliya akademiyasi, 2014 yil Xitoyning Sun Yat-sen universitetini hamda 2017 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar N.Mardonov viloyat hokimining o‘rinbosari kotibiyati mudiri vazifasida ish olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Farhod Majidov Jomboy tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.