Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Noqonuniy faoliyat yuritayotgan “elektroset vakillari”, ular ishlayotgan firmaga nisbatan qonuniy chora ko‘rilmoqda

Joriy yilning 22 fevral kuni Zarnews.uz telegram kanalida "Ogoh bo‘ling! Toyloq tumanida soxta "elektroset vakillari" qo‘lga tushdi" mazmunida videolavha e’lon qilingandi.

"Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ xodimlarining o‘rganishicha, 2020 yil 21 fevral kuni Toyloq tumani elektr ta’minoti korxonasi xodimlari Vafoqul Ro‘zimurodov hamda Jamshid Qodirov Toyloq tumani, Bog‘izag‘on hududida yangi zamonaviy ASKUE hisoblagichlarni o‘rnatish ishlarini olib borayotgan jarayonida mahalla fuqarolarining murojaati bo‘yicha noqonuniy faoliyat olib borayotgan, o‘zlarini “elektroset vakillari” deb tanishtirgan bir guruh fuqarolar bilan suhbatlashgan. Suhbat davomida ularga tegishli bo‘lgan guvohnomalarni olib qo‘yishgan.

Shundan so‘ng Bog‘izag‘on MFY aholisi tomonidan voqea bo‘yicha mahalla profilaktika inspektoriga murojaat qilingan. Mahalla inspektori ushbu guruh vakillarini tuman ichki ishlar bo‘limiga olib borgan.

Hozirda noqonuniy faoliyat yuritayotgan, ushbu xodimalar ishlayotgan firmaga nisbatan qonuniy chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

"Toyloq tuman elektr ta’minoti korxonasi" rahbari M.Islomov,  tuman xokimligi, tuman "Mahalla" jamg‘armasi ishtirokida barcha mahalla raislariga ushbu noqonuniy faoliyat yuritayotgan xodimlarni uyiga kiritmaslik, xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tushuntirish va ogohlantirish berilgan.

Iste’molchilardan bu kabi holatlarga uchragan taqdirda, «Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning 1154 qisqa raqamli manziliga yoki «Hududiy elektr tarmoqlari bilan muloqot» telegram-kanaliga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

"Samarqand HETK" AJ matbuot xizmati.