Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘qishga marhamat! SamDU huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabga qabul boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi 682-sonli qarori asosida tashkil etilgan Samarqand davlat universiteti huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab 2019-2020-o‘quv yili uchun 7-sinfga fizika-matematika hamda kimyo-biologiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qiladi.

Qabul tegishliligi bo‘yicha fizika-matematika va kimyo-biologiya fanlaridan o‘tkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlovda yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar (shahodatnoma, attestat) beriladi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan o‘quvchilardan hujjatlar 2019 yil 21 sentyabrgacha qabul qilinadi. Kirish imtihonlari 2019 yil 25 sentyabrdan 31 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.


O‘quvchilardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

- ixtisoslashtirilgan maktab direktori nomiga ariza;

- tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;

- 086/U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

- 3x4 sm. o‘lchamdagi 6 dona fotosurat;

- psixologik-pedagogik diagnostika daftari asosida o‘quvchining o‘zlashtirishi haqida tasdiqlangan tavsifnoma.


MANZIL: Samarqand shahri Dahbed ko‘chasi, 45-uy (sobiq bank kolleji binosi). Murojaat uchun telefon: +99866 232-41-64.