Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Samarqand shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazi qabul e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Samarqand shahrida tashkil etilgan Kasb-hunarga o‘qitish markaziga navbatdagi o‘quvchilar qabul qilinadi.

Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish (qayta tayyorlash) quyidagi kasblar bo‘yicha bepul amalga oshiriladi:

1. Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mexanik (avtoslesarlar, motoristlar, avtomobillar diagnostikasi bo‘yicha muxassislar).

2. Payvandlash ishlari mexanik texnigi (payvandchilar, chilangarlar va metallarga ishlov berish mutaxassislari).

3. Elektron texnikalarini montaj qilish va sozlash texnigi (elektron va maishiy texnikalarni ta’mirlash va ularga servis xizmati ko‘rsatish mutaxassislari).

4. Kompyuter injiniringi texnigi (axborot texnologiyalari, hisoblash mashinalari operatorlari, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash).

5. Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chikarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish (texnik-texnolog, keng profilli dastgohchi, sonli dasturli boshqarish stanoklari avtomatik va yarim avtomatik tizimlar operatori).

6. Kompyuter grafikasi va multimediya  tizimlari texnigi (kompyuter grafikasi dizayneri, multimediya tizimlari texnigi).

Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 8 oy. Shundan, Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.

Markazda o‘qiyotgan o‘quvchilarga 6 oy mobaynida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan eng kam oylik ish haqi miqdorida stipendiya beriladi.

Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.

Bitiruvchilarga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Hujjatlar 2020 yil 10 yanvardan 10 fevralgacha qabul qilinadi.

Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar topshiriladi:

1. Ariza.

2. Pasport nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asl nusxasi ko‘rsatiladi).

3. Ma’lumotini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (attestat yoki diplom).

4. Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazi tomonidan berilgan yo‘llanma.

5. Ishga joylashtirish bo‘yicha uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi.

6. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.

Hujjatlarni elektron pochta orqali yuborish ham mumkin.

Manzil: Samarqand shahar,  Spitamen ko‘chasi, 264a uy

Murojaat uchun telyefonlar: (99866) 221-73-62

Mo‘ljal:  SamDu pedagogika fakulteti.

Marshrutlar: 4, 12, 16, 32, 35, 66, 85, 97, 99.

Web sayt: www.samarkand-vtc.uz

Ye-mail: [email protected]

Qabul to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni Markaz veb-saytidan olishingiz mumkin.