Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring markazining ma’lumotlariga ko‘ra, 9 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:44 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgan.

Magnitudasi M=5,5ni tashkil etgan zilzila markazining Toshkentgacha bo‘lgan masofasi – janubiy yo‘nalish bo‘yicha 524 kilometr.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Toshkent - 524 km.; 2 ball

Namangan - 493 km.; 2 ball

Andijon - 485 km.; 2 ball

Farg‘ona - 429 km.; 2 ball

Guliston - 451 km.; 2 ball

Jizzax - 449 km.; 2 ball

Samarqand - 455 km.; 2 ball

Termiz - 293 km.; 2-3 ball

Qarshi - 481 km.; 2 ball.