Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 34 nafarga yetdi

Bu haqda 15 may kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Nur-Sulton shahrida ikki nafar o‘lim holati qayd etildi: 1958 yilda tug‘ilgan ayol va 1977 yilda tug‘ilgan erkak. Qozog‘istonda jami 34 nafar o‘lim holati qayd etildi”, deyilgan mamlakat SSV bergan xabarda.

Bugungi kunga kelib Qozog‘istonda jami 5571 (+154) nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etilgan. Ulardan 34 nafar bemor vafot etgan.