Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Kecha, 8 sentyabr kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududida, Chimkent-Samara avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Unda 4 odam jabrlangan.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2 nafar ayol M.U. va M.M. voqea joyida, Z.S. esa kasalxonada vafot etdi. Davlat raqami 40R988QA bo‘lgan “Nexia” avtomashinasi haydovchisi M.U. O‘rdabasi tumani tez yordam shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.

Yo‘l transport hodisasi bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasasi bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumlarning jasadlarini vataniga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.