Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Spark» va «Neksiya» to‘qnashib, har ikkala mashina yonib ketdi

Kecha, 7 fevral kuni haydovchi 24 yoshli A.R. «Spark» rusumli avtomashinasida Qo‘qon shahridagi chorrahalardan birida o‘ziga nisbatan yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib kelayotgan 37 yoshli A.X.ning boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan.

Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar qilmoqda.

Oqibatda «Spark» avtomashinasining motor qismi «Nexia» avtomashinasining old qismiga urilgan, qisqa tutashuv hosil bo‘lgani sabab yong‘in sodir bo‘lgan. Haydovchilar hech qanday tan jarohati olmagan hamda shifoxonaga murojaat qilmagan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.