Ishtixonda "Damas" piyodani urib yubormaslik uchun yo‘l chetiga ag‘darildi

Bugun, 20 may kuni soat taxminan 13:40 larda Ishtixon tumanining Ishtixon ko‘chasida harakatlanib kelayotgan "Damas" rusumli avtotransport vositasi haydovchisi ro‘parasidan piyodaning yugurib chiqib qolgani bois rul boshqaruvini o‘ng tomonga keskin burgan.

Shunga qaramasdan, piyoda avtotransport vositasiga urilib ketib, tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Yo‘l-transport natijasida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomashina yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

"Damas" haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda piyodaning ahvoli yaxshi.

Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.