Taniqli jurnalist baxtsiz hodisa tufayli bevaqt vafot etdi

«Jamiyat» gazetasining Xorazm viloyati muxbiri, taniqli jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov baxtsiz hodisa tufayli bevaqt vafot etdi.

Bosh prokuratura matubot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil 06 noyabr kuni soat 23:55 larda fuqaro S.U. o‘zi ishlab kelayotgan korxonasiga tegishli bo‘lgan “Gazel” rusumli avtomashinani “Urganch-Xiva” yo‘lining 4-kilometrida boshqarib borayotganida, yo‘lni kesib o‘tayotgan “Jamiyat” gazetasi muxbiri Davlatnazar Ro‘zmetovni urib yuborgan.

Oqibatda D.Ro‘zmetov bosh qismidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhum jurnalistning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.