Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tojikistonlik jurnalistlar Samarqand televideniyesidagi tok-shouda ishtirok etdi

Tojikistonlik jurnalistlar Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida «Birodarlik taraqqiyotga xizmat qiladi» shiori ostida tashkil etilgan tok-shouda ishtirok etdi.

Mehmonlar samarqandlik ishbilarmonlarni hamkorlikka chorlashga kelganini yashirmadi. O‘z navbatida mahalliy tadbirkorlar ham ularni birga ishlashga taklif etdi. Jumladan, Samarqand tumanidagi «Navobod naslli parranda» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Behruz O‘rozov tojikistonlik tadbirkorlar bilan Xatlon va Sug‘d viloyatida parranda go‘shti yetishtirish bo‘yicha olib boradigan ishlari haqida axborot berdi.

Tok-shouda turizm va axborot almashish bo‘yicha aloqalarni kengaytirish uchun qiziqarli takliflar berildi.

- Men Toshkent, Buxoro va Samarqandda bo‘lganimda odamlarning iliq munosabati va mehrini ko‘rib o‘zimni o‘z Vatanimda yurgandek his qildim, - dedi “Asia-Plus” teleradiokompaniyasi direktori Manija Ahmedova.

Baxtiyor Mustanov.