Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Uzbekistan Airways” Nyu-Yorkka chipta narxlari arzonlashganini ma’lum qildi

Aviakompaniya O‘zbekistondan AQShning Nyu-York shahriga borish va qaytish yo‘nalishida amalga oshiriladigan reyslarning iqtisodiy-klass toifalari chiptalari narxi arzonlashganini e’lon qildi.

Aviakompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Uzbekistan Airways” 2020 yil 20 yanvar kunidan 2020 yil 30 aprelga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha iqtisodiy-klass tariflarini pasaytiradi:

Toshkent – Nyu-York (borish va qaytish)

Samarqand – Nyu-York (borish va qaytish)

Bundan tashqari, ushbu davr mobaynida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha iqtisodiy-klassda amalga oshirilgan parvozlar hisobiga to‘planadigan rag‘batlantiruvchi ballar soni ham oshiriladi.