Zo‘ravon yo‘lovchi sababli Toshkentga uchayotgan samolyot Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qo‘ndi
- 11.12.2023 09:44
- 491
- O‘zbekiston
Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi havo kemasida zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi tufayli samolyot Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Hodisa bugun Toshkent vaqti bilan 07:35 da HY102 "Nyu-York – Toshkent" aviareysida sodir bo‘lgan va "Boeing-787" havo kemasi sardori yo‘nalish bo‘ylab muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qilgan.
Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berilgan. 1991 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan samolyotdan tushirilgan.
Kerakli choralar amalga oshirilgach, havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi. Reysning Toshkentga yetib kelishi soat 13:00 ga belgilangan.
Teglar:
Uzbekistan Airways