"Uzbekistan Airways" Nyu-Yorkka borish va qaytish uchun chegirma e’lon qildi
"Uzbekistan Airways" 2023 yil 7 fevraldan 10 aprelgacha "Toshkent – Nyu-York" va qaytish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha aviaqatnovlarning ekonom va biznes-klass tariflariga 20 foiz maxsus chegirma taqdim etdi.
Chegirmaning shartlari:
Chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
- Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25 foiz chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keyingi kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;
- 2023 yil 4 noyabrdan boshlab aviareyslarda to‘liq foydalanilmagan, chegirma bilan chiqarilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qo‘llanilmagan holda to‘liq tarif darajasiga qo‘shish zarur;
- 2023 yil 7 fevraldan 4 oktyabrgacha bo‘lgan davrda ilgari berilgan aviachiptalar aviaqatnovlar uchun qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma tarifga qo‘llanilmaydi;
- 2023 yil 11 apreldan boshlab chegirma bilan chiqarilgan qisman foydalanilgan aviachiptalar reyslarga qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma aksiya muddatiga to‘g‘ri kelmagan 2-segmentga nisbatan qo‘llanilmaydi;
- chegirma faqat aksiya muddatiga to‘g‘ri keladigan sayt uchun amal qiladi;
- chegirmalarni birlashtirish (bolalarniki bundan mustasno) taqiqlanadi;
- chegirma Toshkent-Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflariga, borish va qaytish uchun ruxsat etiladi.
Chegirmali aviachiptalarni www.uzairways.com sayti, “UzAirways” mobil ilovasi, O‘zbekiston "Airways Sales" filiali, uning agentlari va xorijdagi vakolatxonalaridan xarid qilish mumkin.