Portlash tahdidi Trampga qarshi tinglovlar boshlanishiga to‘sqinlik qildi

Nyu-York sudiga portlash tahdidi haqidagi xabarlar ma’lum bo‘ldi. Sud AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi da’voni ko‘rib chiqishni boshlashi kerak edi, deb yozadi Bloomberg.

Manxetten sudyasi Nyu-York prokurori Letitia Jeymsning Trampga qarshi 250 million dollarlik da’vosini ko‘rib chiqishi arafasida portlash tahdidi borligi ma’lum bo‘lgan.

Sud vaqtincha to‘xtatilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, tahdid tasdiqlanmadi, deyiladi xabarda.

Jeyms 2022 yil sentyabrida Tramp, uning farzandlari va tegishli kompaniyalarga nisbatan firibgarlik va noto‘g‘ri ma’lumot berishda gumon qilib, 250 million dollarlik da’vo qo‘zg‘atgan. O‘shanda Jeyms ayblanuvchilar, jumladan, AQShning sobiq prezidenti ham bir qancha shtatlarning Jinoyat kodeksi qonunlarini buzganliklari, jumladan, hujjatlarni qalbakilashtirish, noto‘g‘ri moliyaviy hisobot taqdim etish, sug‘urta firibgarligida qatnashish, pastroq foizda omonat qo‘yish va kamroq soliq to‘lash kabi jinoyatlar sodir etganini aytgan edi.

Trampga qarshi yana bir ish ham Manxettendagi sudda ko‘rib chiqilmoqda. Unda Tramp porno-aktrisa Stormi Deniels bilan bog‘liq voqeada ayblanishi mumkin. Aytilishicha, unga Tramp bilan bo‘lgan munosabatlari haqida sukut saqlashi uchun katta pul to‘langan. Sobiq prezidentning o‘zi Deniels bilan aloqani, uning noqonuniy xatti-harakatlarini rad etadi.