Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Vatan himoyachilari kuni tadbirlari Amir Temur maqbarasi ziyorati bilan boshlanadi

Ertaga, 14 yanvar kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbirlari Amir Temur maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlanib, Sohibqiron haykali poyiga gul qo‘yish bilan davom etadi.

Soat 10.00 dan Ko‘ksaroy maydonida harbiy parad, texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi boshlanadi. Bu yerda dala sharoitidagi harbiy bo‘linmalar (oshxona, tibbiy punkt va boshqalar) namoyishi tashkil etiladi.

Bayramning tantanali yig‘ilish va konsert dasturi soat 11.00 dan Yoshlar markazida o‘tkaziladi.

Kunning ikkinchi yarmida harbiy xizmatchilar uchun bunyod etilgan yangi uylar o‘z egalariga tantanali topshiriladi.