Xitoyda portlash sodir bo‘ldi
- 11.09.2020 18:55
- 243
- Xorij

11 sentyabr kuni Xitoy janubidagi Chjuxay shahrida, mehmonxona yonida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan soat 09:00 (06:00 Toshkent vaqti)da ro‘y bergan. Ko‘plab jarohatlanganlar haqida tarqatilgan ma’lumotlarga qaramasdan, turli tan jarohatlari bilan uch kishi kasalxonaga yotqizilgan.
“Bugun ertalab Doumen tumanidagi mehmonxona yonida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Yon atrofda joylashgan tijorat va turar joy binolari turli darajada shikastlandi”, deyildi telekanal xabarida.
Shuningdek, voqea joyida 11 nafar o‘t o‘chirish guruhi faoliyat olib borayotgani va qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani haqida ma’lum qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Munosabat o‘rnida
- Kecha, 18:53
- Samarqand
Muammo yashirilishi emas, hal qilinishi kerak
- Kecha, 15:10
- Samarqand
Polsha Xitoy uchun Yevropaga eshigini yopdi
- Kecha, 14:19
- Xorij