Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

XTV o‘quvchilarning o‘rnatilgan tartibdagi kiyimsiz maktabga kiritilmasligi holatiga izoh berdi

Maktablarda o‘quvchilarni o‘rnatilgan tartibdagi kiyimda kelmaganligi uchun o‘quv muassassasiga kiritilmaslik holatlari uchramoqda.

Ta’kidlash lozimki, o‘quvchining tashqi ko‘rinishiga qo‘yilgan talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 28 fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida”gi, 2012 yil 7 iyundagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ichki tartib qoidalarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruqlari bilan belgilangan.

O‘quvchilardan mazkur talablarni bajarish talab etiladi. Ota-onalar esa talablarning bajarilishini nazorat qilishlari lozim.

Shunindek, mazkur talablar bajarilmaganida o‘quvchilarni maktab hududiga yoki darsga kiritmaslik bo‘yicha hujjatda hech qanday band ko‘rsatilmagan.

O‘quvchilarning maktab formasini kiyish yoki tashqi ko‘rinish tartibiga rioya qilmasligi ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish, deb baholanadi. Bunday o‘quvchilarga quyidagi choralar qo‘llanishi mumkin:

• ogohlantirish;

• kundalik daftariga qayd etish;

• tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;

• fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasasidagi yig‘ilishda, ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘rnatilgan talablarga rioya qilish bo‘yicha joylardagi mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.