Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yosh shaxmatchilar sektor rahbari kubogi uchun bellashdi

Kattaqo‘rg‘on shahar Ingichka shaharchasida Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusni hayotga tadbiq etish, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlariga imkon yaratish maqsadida shaxmat “Sektor rahbari kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Shahar IIB rahbarligidagi 3-sektor tomonidan tashkil qilingan musobaqada Ingichka shaharchasidagi maktablarning 7-dan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etdi.

Musobaqada g‘oliblikni qo‘lgan kiritgan Ulug‘bek Narzullayev,

 Abdug‘affor Abdug‘aniyev, Mashhura Bobonazarova, Shohjahon Xolmo‘minov, Ma’ruf Eshmamatov,

Ruslan Mamasoliyevlarga sektor rahbarining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

***

Muay-tay

Samarqand tumanida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasida muay-tay bo‘yicha viloyat ochiq chempionati o‘tkazildi.

Unda 200 nafarga yaqin viloyatimiz va xorazmlik sportchilar o‘zaro bahs olib bordi. Bellashuv yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida viloyatimizning “Shahriyor” sport klubi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni “Charxin-1” jamoasi egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin payariqliklarga nasib etdi.

***

Shaxmat-shashka

Mamlakat bo‘ylab "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori ostidagi ommaviy sport festivali doirasida hamda “Yanvar - shaxmat-shashka oyligi” munosabati bilan joylarda musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Shunday musobaqalar Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Qo‘shrabot, Bulung‘ur tumanlarida havaskorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda aholi vakillari, mahalla faollari aql bahsida bellashdi. Aql bellashuvida 300 nafarga yaqin ishtirokchi orasidan eng iqtidorlilari aniqlanib, taqdirlandi.

Husan Eltoyev.